Yevrohududning 20 ta davlatida yillik inflatsiya mart oyida 6,9 foizgaça pasaydi. Bundan 31 mart, juma kuni e’lon qilingan Yevropa statistika agentligi - Eurostat’ning dastlabki ma’lumotlari dalolat bermoqda.
Yevrohududda inflatsiya darajasi oktyabr oyida 10,6 foizlik tarixiy eng yuqori darajaga yetganidan beri pasayişda davom etmoqda. Fevraldagi 8,5 foizdan mart oyida 6,9 foizgaça narxlarning sekinlaşişi kutilganidan keskinroq böldi, bu Eurostat tarixidagi eng katta oylik pasayiş böldi, deya qayd etadi Financial Times.
Energiya narxlarining ösiş sur’ati ham sekinlaşdi: mart oyida ular ötgan yilning şu oyiga nisbatan 0,9 foizga arzonlaşdi. Fevral oyida energiya 13,7 foizga oşdi. Şu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari narxi 15,4 foizga (fevralda - 15 foiz) oşdi. Eng past inflatsiya darajasi Lyuksemburg (3 foiz), Ispaniya (3,1 foiz) va Niderlandiyada (4,5 foiz) qayd etilgan. Narxlar eng köp Latviya (17,3 foiz), Estoniya (15,6 foiz) va Litvada (15,2 foiz) oşgan.
Energiya va oziq-ovqat xarajatlarini hisobga olmaganda, bazaviy inflatsiya, aksinça, yevrohududda yana rekord darajaga yetdi va mart oyida 5,7 foizni (fevralda 5,6) taşkil etdi, deya qayd etadi FT. Naşrga intervyu bergan tahlilçilarga köra, bu ikki foizli bazaviy inflatsiyani közlayotgan Yevropa Markaziy banki (YeMB) tomonidan stavkalarni yanada oşirişga asos böladi.











