Prezident Administratsiyasi rahbarining örinbosari Komil Allamjonov Xorazm viloyatida mansabdor şaxslarning pedofiliyada ayblangani va sudlangani haqidagi xabarga keskin munosabat bildirdi. 

«Pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qöllaş yuzasidan qonunçilikka özgartiriş kiritiş vaqti keldi! 

Agar bu masala dunyo tajribasisiz bölmaydi, qayda bor bu jazo, desangiz Qozoğiston, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Şvetsiya, Daniya, Isroil, Janubiy Koreya, Fransiya, AQŞ va hokazo davlatlarni köring. Ularda bor ekan bu jazo. Xitoy, Lotin Amerikasi davlatlari, Saudiya Arabistoni va Eronda biratöla öldirib yuborilar ekan», deb yozdi Allamjonov. 

Avvalroq, Xorazmda viloyat Adliya boşqarmasi boşliği va tuman FVB rahbari Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgani, 15-17 yoşlardagi himoyasiz qizlarni bu işga Mehribonlik uyi mudirasi majburlagani, mudira 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingani, ikki mansabdorning ozodligi bir yarim yilga çeklangani haqida xabar berilgan edi.