1 aprel kuni xalq deputatlari Qöşköpir tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida tumanning yangi hokimi ma’lum böldi.

Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov Qöşköpir tumani hokimi lavozimiga Boburbek Davlatnazaroviç Egamov nomzodini tavsiya etdi. Muzokarada sözga çiqqanlar nomzodni yakdillik bilan qöllab- quvvatladi, ovoz beriş natijalariga köra Boburbek Egamov Qöşköpir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Boburbek Egamov

Egamov bungaça iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi» DUK direktori örinbosari vazifasida işlab kelgan.

  • Ma’lumot uçun, Qöşköpir tumaniga 2019 yildan buyon hokimlik qilib kelgan Jörabek Rahimov 2022 yil dekabrida Xorazm viloyati hokimi v.b etib tayinlanganidan keyin tuman hokimligi lavozimi böş qolayotgandi. 31 mart kuni Rahimov prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokidagi sessiyada viloyat hokimligiga tasdiqlandi.

1 aprel kuni Xorazm viloyatida yana uç tumanda — Urganç, Boğot va Tuproqqal’a tumanlarida tuman kengaşlarining navbatdan taşqari sessiyalari bölib ötdi va yangi hokimlar tasdiqlandi.

Xususan, Ğayratjon Pölatoviç Sultanov Urganç tumani hokimi lavozimiga ma’qullandi.

Ğayratjon Sultanov

Ğayratjon Sultanov bunga qadar Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.

  • Urganç tumaniga 2018 yil noyabridan buyon Frunze Şaripov hokimlik qilib