Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari 3 yil ichida birinchi marta uchrashdi
Mamlakatlar o‘rtasidagi keskin munosabatlar fonida Yaponiya va Xitoy Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Tayvan atrofidagi vaziyat va Yaponiya fuqarolarining Xitoyda qo‘lga olinishini muhokama qildi.
Foto: Reuters
Yaponiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari 2 aprel, yakshanba kuni ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik fonida uch yildan ortiq vaqtdan keyin ilk muzokaralarini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashining tashrifi yapon diplomatining Xitoyga so‘nggi uch yildagi birinchi tashrifi bo‘ldi, deya qayd etadi AP. Hamkasbi Tsin Gang bilan uchrashuvda u yapon fuqarosining Pekinda qo‘lga olinishiga norozilik bildirdi, shuningdek, Tokioning Tayvan yaqinida va Yaponiya atrofida Xitoy harbiy faolligi kuchayib borayotganidan «kuchli xavotir»ini bildirdi.
Astellas Pharma Yaponiya farmatsevtika kompaniyasi xodimi bir hafta avval Pekinda josuslikda ayblanib qo‘lga olingan edi. Hech bir tomon unga qo‘yilgan ayblar haqida batafsil ma’lumot bermadi, deb xabar qildi AP. Yaponiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Xitoyda besh nafar yapon fuqarosi qo‘lga olingan, ulardan ikki nafari allaqachon sudlangan va aybdor deb topilgan. Tsin Gang bunga javoban Xitoy «ishni qonunga muvofiq olib borishini» aytdi.
Xayashi, shuningdek, Xitoyning harbiy faolligi, jumladan, Rossiya bilan hamkorligi va Sharqiy Xitoy dengizidagi harakatlaridan «jiddiy xavotir» bildirdi. «Biz ikkalamiz ham ayrim masalalar, jumladan, milliy xavfsizlik bo‘yicha muloqotni davom ettirish muhimligini yana bir bor tasdiqladik», dedi Yaponiya vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar «konstruktiv va barqaror munosabatlar»ga erishish uchun hamkorlik qilishga kelishib olgan. Tsin Gang, o‘z navbatida, Yaponiyani Tayvan bilan bog‘liq masalalarga aralashmaslik haqida ogohlantirdi hamda Tokio aralashmasligi va «hech qanday tarzda Xitoy suverenitetiga putur yetkazmasligi» kerakligini aytdi», — deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Yoshimasa Xayashi ta’kidlashicha, kelishmovchiliklarga qaramay, ikki davlat Janubiy Koreya bilan uch tomonlama muzokaralarni davom ettirishga kelishib, buni «muhim yutuq» deb atadi.
Mavzuga oid
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
17:12 / 20.12.2025
“Hukumatingiz ko‘magini doimiy his qilishni istaymiz” – Toyota Tsusho mintaqaviy direktori
16:59 / 20.12.2025