Rossiya armiyasi şu qadar ayançli ahvoldaki, u şu yil oktyabr oyidayoq Ukrainada mağlubiyatga uçraydi. Bu fikrni 4 aprel kuni Germaniyaning «Ikkinçi» telekanaliga bergan intervyusida Tsyurix oliy texnik maktabi qoşidagi Harbiy akademiyada dars beruvçi harbiy va iqtisodiy ekspert Markus Koyp aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, Ukrainadagi janglarda Rossiya allaqaçon 10 mingga yaqin oğir harbiy texnika va tanklarni yöqotgan. Bunday yöqotişlar kölami bilan Rossiya uzoqqa bora olmaydi. «Aslida ularning (Rossiya armiyasining) zaxiralari tugaşi vaqt masalasi», — dedi Koyp.
Rossiyaning qişki harbiy kampaniyasi natijalarini şarhlar ekan, ekspert ularni «falokatli» deb atadi. Uning sözlariga köra, ommaviy axborot vositalari faqat Baxmut atrofidagi vaziyatga e’tibor berişyapti, ammo Rossiya yana törtta yönalişda - Kreminniy, Avdiyivka, Marinka, Vuhledarda hujum qilişga uringan. «Buning harbiy mantiqqa heç qanday aloqasi yöq, - deydi Markus Koyp. - Bu minimal olğa siljiş yölida moddiy va insoniy zaxiralarni yöqotişdir».
Eski T-55 va T-64 tanklarining Rossiyada qayta foydalanişga olinib, frontga jönatila boşlanganini nemis harbiy eksperti «texnologik regressiyaning kuçayişi» deb atadi. 2014 yilda taqdim etilgan T-14 «Armata» tanki esa hozirgaça faqat harbiy paradlarda körilgan, ammo Ukrainadagi jang maydonida payqalmadi, dedi Koyp.
Frontdagi vaziyat va Rossiya harbiy-sanoat kompleksining imkoniyatlarini tahlil qilgandan söng, harbiy iqtisod böyiça mutaxassis oktyabr oyigaça Rossiya armiyasining zaxiralari tugaydi, degan xulosaga keldi. Keyingi harbiy harakatlar haqida esa gap bölişi mumkin emas, deb qöşimça qildi u.
Ukraina armiyasi, uning ta’kidlaşiça, eski sovet harbiy texnikasidan zamonaviy ğarb texnikalariga, xususan, tanklar va zirhli transportyorlarga - Amerikaning Bradley va Germaniyaning Marder’iga muvaffaqiyatli ötmoqda. Uşbu texnologik ustunlik Ukraina qarşi hujumi paytida özini namoyon qiladi, Koyp bu aprel oyining örtalarida boşlanişini kutmoqda.













