Hujjat bilan Jahon banki iştirokidagi «Özbekiston binolari uçun toza energiya» loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlanmoqda.
Ularda quyidagilar nazarda tutilgan: quriliş mollarini (issiqlik izolyatsiya materiallari, quvurlar, eşik va oyna romlari, quriliş materiallari) va uskunalarni (qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalari, isitiş tizimi, isitiş qozonlari va h.k.) sotib oliş; quriliş-montaj işlari; energiya audit xizmatlari.
«Özbekiston binolari uçun toza energiya» loyihasini amalga oşiriş uçun Jahon bankining kengaşi tomonidan Özbekistonga 30 yil muddatga, şu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 143 mln AQŞ dollari miqdorda qarz mablağlarini ajratiş ma’qullangan. Loyiha doirasida maktabgaça, maktab va soğliqni saqlaş sohalarida 800 dan ziyod muassasalarni modernizatsiya etiş rejalaştirilgan.
Loyihani amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlangan bölib, unga köra 2023 yil may oyiga qadar loyiha doirasida rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinişi közda tutilgan obektlar röyxatini şakllantiriş belgilangan.












