Krasnoyarsk ölkasi gubernatori Aleksandr Ussning öğli, mart oyida Italiyada öziga tayinlangan uy qamoğidan qoçib ketgan tadbirkor Artem Uss hozir Moskvada. 4 aprel, seşanba kuni uning advokati Aleksey Tixomirov xabar berişiça, erkak öz ixtiyori bilan Rossiya Içki işlar vazirligining tergov boşqarmasiga kelgan va «işning mohiyati böyiça berilgan savollarga batafsil javob bergan».

Söroq natijalariga köra, unga nisbatan ehtiyot çorasi boşqa joyga ketmaslik töğrisida yozma majburiyatga özgartirildi, deya qöşimça qildi advokat.

2022 yil 17 oktyabrda Artem Uss Turkiyaga uçib ketmoqçi bölgan Milan aeroportida AQŞ tomonidan hibsga oliş orderi asosida uşlangan edi. Amerika rasmiylari Krasnoyarsk ölkasi gubernatori öğlini sanksiyalarni buziş va pul yuvişda aybdor deb hisoblayapti.

2022 yil 28 oktyabrda Moskvaning Meşçanskiy sudi Artem Ussni uyuşgan jinoiy guruh tarkibida pul yuviş böyiça qözğatilgan iş doirasida sirtdan hibsga oldi. Rossiya hukumati uning ekstraditsiyasini talab qilişini bildirdi.

21 mart kuni Milan apellyatsiya sudi kiçik Ussni AQŞga ekstraditsiya qilişni ma’qulladi. Ertasi kuni Italiyaning La Stampa gazetasi öşa paytda uy qamoğida bölgan erkak elektron bilaguzugini sindirib, Milan çekkasidagi ijaraga olgan kvartirasini taşlab ketgani haqida xabar berdi.

Italiyaning Corriere della Sera va La Repubblica gazetalari 28 mart kuni yozişiça, tergov Rossiya maxsus xizmatlari Ussning qoçib ketişiga aloqadorligini istisno etmayapti.