Italiyada AQŞ talabi bilan hibsga olingan, Krasnoyarsk gubernatori Aleksandr Ussning öğli, rossiyalik tadbirkor Artem Uss şeriklari yordamida uy qamoğidan qoçişga muvaffaq böldi, deb yozadi 28 mart, seşanba kuni Italiya OAV. Şu bilan birga, tergovçilar qoçib ketişda Rossiya maxsus xizmatlarining iştiroki borligini istisno qilmayapti, deb yozmoqda Corriere della Sera va La Repubblica gazetalari tergovga tayanib.

Corriere della Sera ma’lumotlariga köra, Milan apellyatsiya sudi 21 mart kuni Ussni AQŞga ekstraditsiya qilişni ma’qullaganidan ikki kun ötib, u elektron bilaguzugini sindirib, kvartirani ijaraga olgan uydan ryukzak bilan çiqib ketgan va özini kutib turgan maşinada qoçib ketgan.

Tergov taxminiga köra, Uss qoçib ketgan joydan bir neça kilometr uzoqlikda maşinasini almaştirib, qöşni davlatlardan biri - ehtimol, Şveytsariya yoki Sloveniya çegarasiga yetib kelgan.

Milan prokuraturasiga köra, Krasnoyarsk gubernatorining öğli sud taqiqini buzgan holda mobil telefondan foydalangan. Tergovçilar rossiyalik tadbirkorning şeriklari tarmoğini foş qiliş maqsadida qönğiroqlarni aniqlaşga harakat qilmoqda, deb yozadi Corriere della Sera.

Artem Uss 2022 yil oktyabr oyida AQŞ rasmiylarining iltimosiga binoan Milan aeroportida qölga olingan edi. Qöşma Ştatlar rossiyalik tadbirkorni Amerika harbiy texnologiyalarini noqonuniy eksport qiliş va pul yuvişda ayblayapti. U bilan birga Germaniyada hibsga olingan biznes şerigi Yuriy Orexov va yana uç nafar rossiyalik işda iştirok etmoqda.