Rossiyaning Belarusda taktik yadro qurolini joylaştiriş tahdidi va bu qadam uçun Moskva tomonidan belgilangan muddat 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bölib ötgan NATO sammiti vaqtiga töğri keladi. Bu haqda Litva taşqi işlar vaziri Gabrielyus Landsbergis 4 aprel, seşanba kuni Şimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlarining Bryusselda bölib ötgan yiğilişida aytib ötdi.

«Bu şunçaki ritorika emas, - dedi u. - Iyulda nima böladi? Vilnyusdagi NATO sammiti. Ular Vilnyusda erkin dunyo barça yetakçilari yiğilganida, bir neça kilometr narida qandaydir eski raketalar sudrab yurilişini xohlayapti. Bu, albatta, biz uçun signaldir».

Vazir ta’kidlaşiça, u avvalroq «Kaliningradga ma’lum jihozlar olib kelinganini» bilgan. «Bu biz yadro quroli yaqin atrofdaligi haqiqatga aylangan muhitda ekanligimizni anglatadi», dedi u. Landsbergisga köra, Boltiqböyi mintaqasidagi vaziyat har qanday harbiy harakatni töxtatiş uçun NATO tomonidan jiddiy qadamlar qöyişni talab qiladi.

U NATOning Madriddagi sönggi sammitida ittifoqçilar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni eslatdi. «Bizga Boltiqböyida köproq qöşinlar, köproq havo hujumidan mudofaa tizimlari kerak bölib, yadro quroli haqida gapirayotgan har bir kişiga bunga jiddiy yondaşamiz, degan aniq signal berişimiz kerak», dedi Litva vaziri.

Landsbergis Belarusda sodir bölayotgan voqealarning alohida ahamiyatiga işora qildi: «Biz, albatta, u öz suverenitetini yöqotayotganini va bu tez sodir bölayotganini tan olişimiz kerak. Hozirda u juda çeklangan suverenitetga ega bölgan davlatdir».

Landsbergis Ukrainaning alyansga qöşilişini «juda qiyin mavzu» deb atadi, lekin Vilnyusdagi sammitda «Ukrainani NATOga yaqinlaştiriş, vaqti kelganda a’zo bölişi uçun» yöl topilişiga umid bildirdi. U 2008 yilgi Buxarest memorandumini boşlanğiç nuqtalardan biri deb atadi, unda Ukraina, Kiyev söroviga zid ravişda, NATOga a’zolik böyiça harakatlar rejasi bilan ta’minlanmagan. Litva Taşqi işlar vazirligi rahbari mamlakatlar bu borada kelişuvga erişib, keyingi qadamni qöyişiga umid bildirdi.