Rossiya prezidenti Vladimir Putin internetdan foydalanmaydi va «axborot böşliğida» yaşaydi, dedi Rossiyadan qoçib ketgan Federal qöriqlaş xizmati («FSO») kapitani Gleb Karakulov 4 aprel, seşanba kuni çop etilgan «Dose» markaziga bergan intervyusida.
«U haqiqatan ham internet yoki (mobil) telefondan foydalanmaydi. Barça ma’lumotlar faqat yaqin odamlardan olinadi. U qandaydir axborot vakuumida yaşaydi», - deydi Karakulov. Şu bilan birga, Putin qayerda töxtasa, «Rossiya» telekanali efirda bölişi kerak, deya qöşimça qildi u.
«FSO» xodimi, şuningdek, Rossiya prezidenti özini izolyatsiya qilişda davom etayotganini va u bilan uçraşişdan oldin ikki haftalik karantindan ötiş kerakligini aytdi. Koronavirus pandemiyasi boşlanganidan beri Putin «juda çekindi». «U özini butun dunyodan har xil tösiqlar, karantin, ma’lumot yetişmasligi bilan himoya qildi. Uning haqiqatni qabul qiliş idroki buzilgan», dedi Karakulov.
2009 yildan 2022 yil oktyabr örtalarigaça Gleb Karakulov prezidentning aloqa bölimida muhandis bölib işlagan va Rossiya davlat rahbarini maxfiy aloqa bilan ta’minlagan. U Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan keyin mamlakatni tark etgan va uruşni qoralagan eng yuqori martabali rus maxsus xizmati xodimidir, deb yozadi «Dose». Rossiyada Karakulov qidiruvga berilgan, unga nisbatan firibgarlik uçun jinoiy iş oçilgan.

















