Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Yangi Özbekiston massivlarida uy-joy qurilişi va 2023 yil uçun ipoteka dasturini amalga oşiriş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötyapti.

Prezident taşabbusi bilan Toşkent viloyatida “Mening birinçi uyim” dasturi boşlanadi. 

Şu maqsadda Quriliş vazirligi huzurida maxsus uy-joy kompaniyasi taşkil etiladi. Unga Zangiota tumanidan 36 gektar yer maydoni ajratilib, uşbu hududni kompleks rivojlantiriş loyihasi işlab çiqiladi.

Uşbu hududda 2,5 ming oilaga möljallangan, barça standartlarga javob beruvçi qulay va energiya tejamkor 58 ta köp qavatli uy-joy barpo etiladi.

Uşbu uylardagi 2  va 3 xonali xonadonlar uçun oylik tölov miqdori amaldagi subsidiyali ipoteka tölovlaridan arzon böladi.

Quriliş vazirligi, Toşkent viloyati hokimligiga bir hafta muddatda “Mening birinçi uyim” şaharçasining master rejasini yakunlaş, loyihani ekspertlar va jamoatçilik muhokamasidan ötkaziş topşirildi.