Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Mudofaa vazirligi: 10 000 ukrainalik harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazildi
Britaniya Qurolli kuchlari 10 ming ukrainalik askarni tayyorgarlikdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Birlashgan Qirollik Mudofaa vazirligi.
Foto: LOUIS WOOD/PA WIRE VIA ZUMA PRESS
Bu yil Britaniya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlarining 20 ming harbiy xizmatchisini tayyorlash niyatida.
Avvalroq Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiyaning «Vostok» birlashgan guruhining Ukrainadagi qo‘mondoni, general-polkovnik Rustam Murodov o‘z lavozimidan chetlatilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.
Britaniya razvedkasiga ko‘ra, so‘nggi oylarda Murodov guruhi o‘ta og‘ir yo‘qotishlarga uchragan va Donetsk viloyatidagi Vuhledarni bir necha marta noto‘g‘ri rejalashtirilgan hujumlar chog‘ida qo‘lga kirita olmagan.
Operatsiyalar rossiyalik ekspertlarning keng doirasi, shuningdek, Murodov guruhi a’zolari tomonidan keskin tanqidga uchradi, deyiladi xabarda.
Murodov 2022 yil fevral oyida keng ko‘lamli bosqin paytida Kiyevga shimoli-g‘arbdan bostirib kirishga muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng «Vostok» birlashgan guruhi qo‘mondonligini o‘z qo‘liga olgan.
Mavzuga oid
19:10 / 02.01.2026
Kirill Budanov Ukraina prezidenti ofisining yangi rahbari bo‘ladi
15:30 / 02.01.2026
Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazasi va NQZga hujum qildi
15:11 / 02.01.2026
AFP: Rossiyaning Ukraina hududlariga havo hujumlari soni kamaygan
14:47 / 02.01.2026