Ilğor innovatsiyalar hududida biofarmatsevtika, quriliş materiallari, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, tibbiyot, ta’lim sohalarining 20 ta yönalişidagi loyihalariga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi:

  • yer, mol-mulk, foyda va aylanma uçun soliqlar hamda bojxona bojlaridan 3 yilgaça ozod qilinadi; 
  • yer uçastkalari soddalaşgan tartibda ajratiladi, yer va binolarni sotib olişda 5 yilgaça bölib tölaşga ruxsat beriladi; 
  • foiz tölovlarini qoplab beriş stavkasi 2 baravar oşiriladi.

Sirdaryoda 500 million dollarlik investitsiya hisobiga Özbekiston-Xitoy biotexnologiyalar klasteri barpo etiladi. Bu klasterda Xitoyning yetakçi oliygohlari bilan birga Gulistonda xalqaro ta’lim va tadqiqot universiteti, Innovatsion tibbiyot klinikasi, Markaziy Osiyo genom markazi,  onkologik kasalliklarni davolaş uçun Hujayra terapiyasi markazi taşkil qilinadi. 

Klaster tomonidan zamonaviy diagnostika qurilmalari, innovatsion vaksinalar, probiotiklar va onkologik kasalliklar uçun dori vositalari işlab çiqariladi. 10 ming talaba uçun öquv binolari, zamonaviy kampus, laboratoriyalar, muhandislar maktabi taşkil etiladi.