Birlaşgan Arab Amirliklarining 3-eng katta amirligi hisoblanadigan Şarjaning Mleiha tumanida yirik miqdorda buğdoy yetiştiriş loyihasi işga tuşgan. Ilk uruğlar 2022 yilning 30 noyabrida 400 gektar maydonga ekilgan. Undan 15 ming tonna hosil oliş reja qilingan. Amirlik har yili 1,7 million tonna buğdoyni import qiladi. Şundan 330 ming tonnasi Şarjaning öziga keltiriladi. Amirlik yangi loyiha orqali buğdoy qaramligini kamaytirmoqçi.
Ekin maydonlarini keyingi bosqiç – 2024 yilgaça 880 gektar, 2025 yilgaça esa 1400 gektargaça kengaytirişmoqçi. Keyinçalik 1900 gektar yoki undan ham köp yerga buğdoy ekilişi mumkin.
Dalalarni suğoriş sun’iy intellekt yordamida bajariladi. U tuproq va ob-havo haqidagi ma’lumotlarni markazga uzatadi. Ekinlar kuniga 18 million tonna distillangan suv içadi. Hosilni yaxşiroq yetiştiruvçi kimyoviy moddalar va haşarotlardan himoya qiladigan pestitsidlar sepilmaydi.
Şu bilan bir qatorda amirlik öz oldiga dunyodagi eng yaxşi buğdoy yetiştiriş missiyasini qöygan. Arablar buğdoylarida oqsillar (protein) 18 foizni taşkil qilganini aytişyapti, oqsillar miqdori dunyodagi eng yaxşi buğdoyda ham 14 foizdan oşmaydi.
Hozir dalalarda buğdoyning 35 navini ekib körişyapti. Bundan maqsad – şularning içidan qaysi nav amirlik iqlimiga eng köp mos ekanini aniqlaş va öşani yetiştirişni köpaytiriş.
Ma’lumot uçun, oziq-ovqat xavfsizligi BAA hukumati uçun muhim maqsadlardan biriga aylangan. Ayniqsa pandemiya, Rossiyaning Ukrainaga bosqini amirlikda oziq-ovqat importida taqçilliklarni keltirib çiqara boşlagaç, mahalliy mahsulotni köproq yetiştiriş uçun bir neçta innovatsion loyihalar yölga qöyilgan. Masalan, Dubayda dunyodagi eng yirik gidroponik ferma faoliyati yölga qöyilgan. Bu fermada tuproqdan foydalanmasdan dehqonçilik qiliş usulida maxsulot yetiştiriladi. Loyiha nomi

















