23 mart kuni BMT Xavfsizlik kengaşi Rossiya tomonidan işlab çiqilgan, Ukrainada öt oçişni töxtatişga çaqiruvçi gumanitar rezolyutsiyani qabul qilmadi.
Rezolyutsiyani qöllab-quvvatlab faqat Rossiya va Xitoy ovoz berdi. Xavfsizlik kengaşining qolgan 13 a’zosi (Fransiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Hindiston, Irlandiya, Keniya, Meksika, Norvegiya, Albaniya, Braziliya, Gabon, Gana, BAA) betaraf qoldi.
Rezolyutsiya loyihasida öt oçişni töxtatiş va harbiy harakatlar hududidan tinç aholini evakuatsiya qilişga oid çaqiriqlar örin olgan, ammo Xavfsizlik kengaşining qolgan 13 a’zosi uning matnida Rossiya yuzaga kelgan gumanitar inqiroz aybdori ekani körsatilmagani uçun uni qöllab-quvvatlamagan.
BMT Xavfsizlik kengaşida ma’qullanişi uçun rezolyutsiya loyihasiga kamida töqqizta davlat yoqlab ovoz berişi kerak.
Agar kerakli miqdordagi ovozlar olinmasa, davlatlarning heç biri veto huquqidan foydalanmagan bölsa ham, loyiha tasdiqlangan deb hisoblanmaydi. Ğarb davlatlarining BMTdagi vakillari rezolyutsiyani «haqoratli» deb atadi.
Payşanba kuni BMT boş assambleyasi Ukrainadagi gumanitar vaziyat böyiça ovoz berişi kerak. Ğarb diplomatlari Ukraina tomonidan taqdim etilgan qat’iy rezolyutsiya loyihasi köpçilik ovoz bilan qabul qilinişiga umid qilmoqda.


















