Germaniyada pandemiya boşlanganidan deyarli uç yil ötib, COVID-19’ga qarşi kuraş böyiça sönggi umummilliy çeklov bekor qilindi. 8 aprel, şanba kunidan boşlab tibbiy amaliyotlar, klinikalar va qariyalar uylariga taşrif buyuruvçilarning niqob kiyiş majburiyligi töxtatildi, deb xabar berdi dpa agentligi.
Ilgari boşqa çeklovlar bosqiçma-bosqiç bekor qilingandi. Xususan, 2 fevral kuni jamoat transportida niqob taqiş bekor böldi.
«Ittifoq-90»/«Yaşillar» koalitsiya hukumatining soğliqni saqlaş böyiça eksperti Yanoş Dahmen şunday dedi: «Biroq pandemiyadan himoya qiliş talablarining bekor qilinişi koronavirus tugaşini anglatmaydi». «Vaziyatni ehtiyotkorlik va sinçkovlik bilan kuzatiş kelajakda infeksiyani nazorat qiliş siyosatining muhim qismi bölib qoladi», deya qöşimça qildi u.
«Biz Germaniyada pandemiya bilan yaxşi, muvaffaqiyatli kuraşdik», dedi Federal soğliqni saqlaş vaziri Karl Lauterbax 5 aprel kuni Berlinda SARS-CoV-2’ga qarşi kuraş böyiça çoralarni rasman töxtatib.
Lauterbax öz nutqida hokimiyatning xatti-harakatlari böyiça tanqidni rad etdi. Vazir sözlariga köra, umuman olganda, pandemiyaga qarşi kuraş strategiyasi işlagan hamda aynan «aqlli odamlar va Germaniyada yordam berişga uringanlar qiyinçiliklarni yengib ötdi». Şunga qaramay, bir qator çoralar köriş ortiqça edi, dedi vazir. Uning sözlariga köra, maktablarda bunday uzoq tanaffus qilişning keragi yöq edi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden 2022 yil sentabrida koronavirus ustidan ğalaba qozonilganini e’lon qildi. COVID-19 pandemiyasi tugagan deb hisoblaş mumkin, dedi u. «Bizda hali ham kovid bilan boğliq muammolar bor, biz buning ustida işlayapmiz. Ammo pandemiya tugadi. E’tibor bersangiz, heç kim niqob taqmayapti. Hamma juda yaxşi holatda», dedi u CBS’ga intervyusida.












