Okkupatsion rasmiylar Rossiya pasportini olmagan Ukraina fuqarolarining harakatini çeklayapti, ularning şaxsiy ma’lumotlarini yozib olyapti, yaşaş joyida tintuv ötkazyapti, deyiladi xabarda. 

Şuningdek, ukrainaliklar kiriş va çiqişni taqiqlaş, Rossiya pasportini olişdan boş tortgan taqdirda uyidan haydab çiqariş va xususiy mulkini musodara qiliş, öquvçilar esa - şahodatnomalar berilmasligi bilan qörqitilyapti, deyiladi hisobotda.

Avvalroq AQŞ, Buyuk Britaniya, Albaniya va Malta vakillari 5 aprel kuni bölib ötgan BMT Xavfsizlik kengaşining norasmiy yiğilişida Rossiyadagi bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaning video-aloqa orqali nutqini boykot qilgandi. 

Yiğiliş BMT Xavfsizlik kengaşiga aprel oyida rotatsiya orqali raislik qiluvçi Rossiya tomonidan taşkil etildi va ukrainalik bolalarga bağişlandi. Öz nutqida Rossiyaga qarşi «obrösizlantiriş kampaniyasi»ni qoralagan Lvova-Belovaning nutq sözlaş taklifi bir qator davlatlar tomonidan ataylab qilingan provokatsiya sifatida baholandi.

Ukraina rasmiylari Rossiyani 2022 yil 24 fevralda mamlakatga keng kölamli bosqin boşlanganidan keyin 16 mingdan ortiq bolani öğirlaganlikda ayblamoqda. 17 mart kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Mariya Lvova-Belova va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilişga aloqadorlikda ayblab, hibsga olişga order berdi.

Lvova-Belovaning BMTdagi nutqi 50 ga yaqin davlat tomonidan qoralandi. Ular qöşma bayonotda Rossiyani «minglab ukrainalik bolalarning ommaviy öğirlanişi va majburan köçirilişi haqida notöğri ma’lumot tarqatiş maqsadida BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zosi sifatidagi vakolat va imtiyozlarini suiiste’mol qilişda» aybladi.