Buxoro viloyati Peşku tumanida fuqaro qöşnisiga tegişli eşakning quloqlarini kesib taşladi. Buxoro viloyati IIB eşakning quloqlari kesib olingani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bölişiça, 6 aprel kuni soat 16:00 da 1985 yilda tuğilgan fuqaro U.A. qöşnisi fuqaro J.X.ga tegişli eşakni tomorqa yeriga zarar yetkazgani sababli ikki quloğini kesgan, oradan vaqt ötib, jonivor köp qon yöqotişi oqibatida nobud bölgan.
Hozirda fuqaro U.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarning ölimiga yoxud mayib bölişiga olib keladigan darajada şafqatsiz munosabatda böliş)da körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani böyiça töplangan hujjatlar ma’muriy tartibda çora köriş uçun Jinoyat işlari böyiça Peşku tumani sudiga yuborilgan.
Uşbu jinoyatni sodir etiş bazaviy hisoblaş miqdori (amalda — 300 ming söm, 1 maydan 330 000 söm)ning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoqqa olişga sabab böladi.

















