Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 3 aprel kuni soat 21:00 larda yuz bergan.

Nexia haydovçisi Qarşi-Çiroqçi-Şahrisabz yölida harakatlanayotib boşqaruvni yöqotgan. Şundan söng maşina yölning öng tomonidagi çuqurlikka tuşib ketgan.

Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan maşina yölovçisi Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo filialining jonlantiriş bölimida vafot etgan.

Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.