Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ikki mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarmalarining ikki nafar mansabdori qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan vazirlikning Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari bosh boshqarmalari mansabdor shaxslari o‘z vakolatlaridan foydalangan holda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi respublika davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgargandi. Xususan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilgandi. Ushbu vazirlikka sobiq SSV vaziri Behzod Musayev rahbarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
21:56 / 04.07.2026
Dorixona ochishga litsenziya berish uchun pul talab qilgan mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:19 / 02.07.2026
Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
21:24 / 27.06.2026