AQŞning yuqori martabali amaldorlari Amerika maxsus idoralarining maxfiy ma’lumotlari sizib çiqqanidan söng Yevropadan tortib Yaqin Şarqqaça «hafsalasi pir bölgan va sarosimaga tuşgan» ittifoqçilarini tinçlantirişga harakat qilmoqda. Bu haqda 10 aprel, duşanba kuni Politico naşri manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, AQŞ Davlat departamenti xodimlari ham, razvedka va Pentagon vakillari ham ma’lumotlar sizib çiqişi haqidagi ehtimoliy qörquvni yöq qilişga urinmoqda. Politico suhbatdoşlaridan biri AQŞ, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyaning razvedka alyansi bölgan «Beş köz» vakillari Vaşingtondan uşbu mavzu böyiça brifing ötkazişni söraşganini aytdi, «lekin ular hali mazmunli javob olmagan».

«Beş köz»dan taşqari, AQŞ tomoniga London, Bryussel, Berlin, Dubay va Kiyevda ham ma’lumotlar sizib çiqişi sabablari haqida savollar berilmoqda, deb yozadi Politico. 10 aprel holatiga köra, prezident Jo Bayden ma’muriyati ittifoqçilarga ma’lumotlar sizib çiqiş darajasi haligaça noma’lumligi va tergov davom etayotganini aytgan. 

Internetda e’lon qilingan hujjatlarning aksariyati Ukrainadagi mojaroga tegişli ekanligi alohida taşviş uyğotadi, deb yozadi Politico. Amerika razvedkasi sobiq tahlilçisining ta’kidlaşiça, sizib çiqiş usuli va uning mazmuni juda ğayrioddiy. «Ijtimoiy tarmoqlarda qaçonlardir juda köp işonçli ma’lumotlar paydo bölganini eslay olmayman», dedi u.