AQŞ razvedkasi Ukraina qöşinlari konsentratsiyasi, öq-dorilar va jihozlar taqçilligi bilan boğliq muammolar Kiyevning rejalaştirilgan qarşi hujumi haqidagi taxminlarga mos kelmaydi, deb hisoblaydi va aftidan, bosib olingan hududlarning faqat kiçik bir qismini Rossiyadan qaytarib olişga imkon beradi, deb yozadi The Washington Post (WP) gazetasi 10 aprel, duşanba kuni internetdagi manbalar va maxfiy hujjatlarga asoslanib.
Naşr fevral oyiga borib taqaladigan «öta maxfiy» hujjatlarga iqtibos keltirgan bölib, unda Ukraina hujumi «kamtarona hududiy yutuqlarga» olib kelişi mumkinligi aytiladi. Kiyev Ukraina şarqidagi hududlarni qaytarib olişni va Rossiya armiyasini annexia qilingan Qrimdan uzib qöyiş uçun janubda olğa siljişni rejalaştirmoqda, biroq «kuçli Rossiya mudofaasi, ukrainalik askarlarning yetarliça ta’minlanmagani va tayyor emasligi oldinga siljişni töxtatib qöyişi, yöqotişlarni kuçaytirişi mumkin», deb hisoblaydi AQŞ razvedkasi.
AQŞ rasmiylarining WP naşriga aytişiça, bu kabi prognozlar Milliy razvedka kengaşining hisob-kitoblariga ham asoslangan. Ularga köra, Ukraina Xarkiv va Xerson viloyatlaridagi kuzgi hujumdagidek köp hududni qaytarib olişi dargumon.
Öz navbatida, Ukraina yuqori martabali amaldorlari WP naşriga bergan intervyusida Amerika razvedkasining xulosalarini rad etmadi, ammo hujum natijalariga Ğarb qurollarini yetkazib berişdagi keçikişlar köproq ta’sir qiladi, degan fikrni bildirdi. Şu bilan birga, gazeta suhbatdoşlaridan biri ta’kidlaşiça, «maxfiy ma’lumotlar»ning sizib çiqişi qarşi hujumga xalaqit bermaydi, çunki bu haqda oldin ham köp narsa ma’lum edi va qömondonlik aniq rejani hatto operatsiya boşlanişidan bir hafta oldin özgartirişi mumkin.


















