10 aprel, duşanba kuni AQŞning Kentukki ştati Luisvill şahridagi bankka uyuştirilgan hujum natijasida beş kişi, jumladan, hujumçining özi ham halok böldi. Yana sakkiz kişi, u bilan otişmada iştirok etgan ikki politsiyaçi yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan, deya ma’lum qildi politsiya. Keyinroq yaradorlardan biri vafot etdi.

Politsiyaçilardan biri oğir ahvolda ekani aytilmoqda. Luisvill politsiyasi boşliği örinbosari Pol Xamfrining sözlariga köra, hujumçi otişmada öldirilganmi yoki özini özi otganmi, hozirça aniq emas. Tergovning dastlabki ma’lumotlariga köra, jinoyatda gumon qilinayotgan şaxs bankning sobiq yoki hozirgi kungaça işlagan xodimi bölgan.

Xamfrining sözlariga köra, politsiya qönğiroqdan söng bir neça daqiqada voqea joyiga yetib kelgan va şu bilan köproq qurbonlar oldini olgan. Kentukki gubernatori Endi Beşir halok bölganlardan ikki nafari uning döstlari ekanini aytdi va hodisani «dahşatli» voqea deb atadi.