Belarusga Rossiyadan töliq xavfsizlik kafolatlari kerak. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Minskda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu bilan uçraşuvda aytib ötdi. 

«Putin bilan sönggi muzokaralardan söng biz ekspertlarning Belarusga kelişini va Belarus xavfsizligi masalalarini muhokama qilişga kelişib olgan edik», dedi prezident. 

Aleksandr Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, Ğarb davlatlari Budapeşt memorandumi doirasida yadroviy qurollarni olib çiqiş evaziga berilgan xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelişuvlarga amal qilmayapti va amalda oyoqosti qilmoqda. Bu iqtisodiy xavfsizlikni ham anglatardi. 

«Xöş, bizga, Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etilsa, qanday iqtisodiy xavfsizlik haqida gapiriş mumkin?! Şuning uçun men bu masalani Rossiya prezidenti bilan muzokaralarda kötardim. U har tomonlama qöllab-quvvatladi. U Belarusning töliq xavfsizligini ta’minlaş uçun barça şartnoma va kelişuvlarimizni qayta körib çiqişimiz kerak, dedi». 

«Umuman olganda, agar Belarusga tajovuz sodir bölsa, Rossiya Federatsiyasi Belarusni öz hududi sifatida himoya qiladi. Mana şunday kafolatlar bizga kerak», dedi Lukaşenko.