Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi uylardan biri maxsus kiyimdagi xodimlar tomonidan örab olingani, hovlida ham fuqaro kiyimidagi xodimlar yurgani va ayol kişining jazavaga tuşgança ularga qarab baqirayotgani aks etgan video tarqaldi.

IIV axborot xizmatining bildirişiça, tasvirda Namangan şahri Özbekiston köçasidagi xonadon aks etgan bölib, bu yerda yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan Şerzod Umarov 1 aprel kuni soat 23:30larda Namangan şahrining Bobur boğidan voyaga yetmagan qizga özini taksiçi sifatida taniştirib, uyiga olib borib qöyişini aytgan. U maşinasiga ötirgandan söng esa noma’lum manzildagi uyga olib borib, zörlik işlatib nomusiga tekkan.

“Ş.Umarovning jinoyatga oid harakatlari Bobur boği va atrof köçalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Şuningdek, hozirda jabrlanuvçining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zörlik alomatlari yuzasidan tegişli sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi (Nomusga tegiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat sodir etişda gumonlangan Ş.Umarovni qölga oliş maxsus tadbiri jarayonida oila a’zolari tomonidan xodimlarga faol qarşilik körsatilişi oqibatida gumonlanuvçi yaşirinişga muvaffaq bölgan”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Şerzod Umarov, bundan taşqari, 27 mart kuni soat 12:30 larda Namangan şahar Yoşlar majmuasi yonidagi çorrahada velosipedda xarakatlanib ketayotgan vaqtida yölini tösganini vaj qilgan holda «VAZ-2106» rusumli avtomaşinasida harakatlanib ketayotgan ikki yoş yigitni döpposlab, voqea joyidan yaşiringan. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga köra fuqarolarga örtaça va yengil tan jarohati yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan ham gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining