14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqişlari örganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Bunda: yaxşi öqiyotgan, tadbirkorligini yölga qöygan, rasmiy sektorda işlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bölgan 4,4 million yoşlar “yaxşi” toifaga; turmuş taqozosi bilan rasmiy sektordan iş topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yoş “örta” toifaga kiritildi; davlatning ğamxörligi va e’tiborini kutayotgan hamda kömakka muhtoj 396 ming nafar yoşlar “ahvoli oğir” toifasiga alohida ajratib olindi.

Davlat rahbari uçinçi toifaga batafsil töxtaldi. 

116 ming nafar yoşlarning nogironligi bölsa, 30 mingtasida surunkali kasalliklar borligi, 32 ming nafar yoşlar profilaktika, 16 ming nafari probatsiya nazoratida, 9 ming nafari muntazam dars qoldirişini ma’lum qildi.

Har bir vazir, vazir örinbosarlari, viloyat, tuman va şahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uçinçi toifadagi 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoşlar nomma-nom biriktirilişi belgilandi.

Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar asosiy e’tiborini  “örta” toifaga kirgan 4,6 million yoşlar bilan işlaşga qaratişi lozimligi ta’kidlandi.