Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida yoşlar bilan işlaşning yangiça tizimini joriy etiş borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yiğiliş bölib ötyapti. 

Yiğilişda ma’lum qilinişiça, yoşlarni işga qabul qiliş tizimi tubdan qayta körib çiqiladi. 

Ötgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvçilaridan 6,5 ming nafari işga joylaşmagan. Yoki grantda öqigan 3 ming talaba ham işga kirmagan. Professional ta’limda ötgan yili kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoşlar bitirgan bölsa, şundan 30 ming nafari iş topa olmagan.

Şu munosabat bilan bundan buyon har bir vazir tarmoğidagi kasblarga malaka talabini özi belgilaşi, bunda 70 foiz kasblarga örta maxsus, 30 foiziga oliy ma’lumot talab etiladigan tizim bölişi ta’kidlandi.

Şuningdek, vazirliklar oliygoh va kollej-texnikumlarga buyurtma beriş bilan birga ularning öquv dasturlarini işlab çiqişda iştirok etadi.

Har bir vazir va viloyat hokimi yil boşida özining Yoşlar bandligi dasturlarini işlab çiqib, aholiga e’lon qilişi va yil yakunida natijalari böyiça jamoatçilikka hisobot berişi belgilandi.