Prezident tomonidan “Ma’muriy islohotlar doirasida yoşlar siyosati va sport sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror imzolandi.
Hujjat bilan Yoşlar siyosati va sport vazirligi faoliyatining 9 ta ustuvor yönalişi tasdiqlanmoqda. Şuningdek, Yoşlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoşlar işlari agentligining xususiy sektorga ötkazilayotgan vazifalari röyxati belgilanmoqda.
Davlat organlari va taşkilotlarining rahbarlari har yili 1 fevralga qadar öz tizimlarida yoşlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oşirişga qaratilgan yillik “Yoşlar dasturi”ni Yoşlar siyosati va sport vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlaydi.
2024 yil 1 yanvardan boşlab davlat organlari va taşkilotlari tomonidan yoşlarga oid davlat siyosati sohasida ötkaziladigan yoşlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boşqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar Yoşlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi asosida amalga oşirilişi yölga qöyiladi. Bunda tadbirlar haqida ma’lumot yoshlarportali.uz yagona elektron platformasida e’lon qilinadi.
2024 yil 1 yanvarga qadar sport sohasini raqamlaştiriş böyiça 24 ta yönalişdagi axborot tizimlarini öz içiga olgan ERP Sport yagona elektron boşqaruv tizimi işga tuşiriladi hamda UzASBO dasturidagi ma’lumotlar bilan integratsiya qilinadi. Bunda joylarda Yoşlar siyosati va sport vazirligi mablağlari hisobidan barpo etiladigan sport obektlari va inşootlarining kamida 30 foizi elektron tizim orqali uşbu hududda yaşovçi aholi tomonidan ovoz beriş yöli bilan aniqlanadi.












