Anjumanda Özbekiston transport vazirining örinbosari Jasur Çoriyev boşçiligidagi delegatsiya iştirok etadi. Tadbir kun tartibiga «Şimol-Janub» xalqaro transport koridori orqali yuk taşuvlarini jadallaştiriş, Hindistonning Javaxarla’l Neru nomli (Mumbay) va Eronning Çobahor portlari imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalari kiritilgan.

Markaziy Osiyo va Hindiston örtasidagi savdo-sotiqni yanada rağbatlantiriş maqsadida xalqaro yuk taşuv yölaklarini diversifikatsiya qiliş, Çobahor porti infratuzilmasidan birgalikda foydalaniş böyiça Özbekiston-Eron-Hindiston transport kompaniyasini tuziş hamda Özbekiston yuklarini taşiş jarayonida imtiyozlar taqdim etiş masalalari körib çiqilişi kutilmoqda.

Dehli şahriga yetib kelgan Özbekiston delegatsiyasi a’zolari Hindistonning GMR Group xolding kompaniyasi boşqaruv direktori Rajyeş Aurora bilan uçraşdi. Rajyeş Aurora kompaniya rahbariyati tomonidan Markaziy Osiyoda transport-logistika markazini yaratiş masalasi örganib çiqilayotganini bildirib, mazkur jarayonda Özbekiston aeroportlari imkoniyatlaridan birgalikda samarali foydalanişni yölga qöyiş hamkorlikning istiqbolli yönalişi bölişi haqida fikr bildirdi.

GMR Group vakili Özbekistonda aeroportlarni kengaytiriş va ularning infratuzilmasini rivojlantiriş istiqbollari bilan tanişiş, şuningdek, II Toşkent xalqaro investitsiya forumida qatnaşiş maqsadida aprel oyining söngida mamlakatimiz poytaxtiga safar qilişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi.