Davlat rahbari mamlakatimizga yangi tayinlangan diplomatik missiyalar rahbarlarini qutlab, Özbekistondagi faoliyatini boşlagani bilan tabrikladi. Prezident öz nutqida oçiq va pragmatik taşqi siyosatni amalga oşirayotgan Yangi Özbekiston xalqaro maydonda yangi marralarga erişayotgani, döstlar va işonçli hamkorlar safini kengaytirayotganini ta’kidladi.
Mamlakatdagi yangilanişlar jarayoni töğrisida söz yuritar ekan, Özbekiston yetakçisi keyingi yillarda “inson – jamiyat - davlat” tamoyili asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etiş, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning mohiyati va maqsadlariga alohida töxtaldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev asosiy qonunning yangi tahririni tayyorlaş doirasida keng jamoatçilik muhokamasi ötkazilgani, tajribali mutaxassis va olimlar, xorijiy hamkorlar, ixtisoslaşgan xalqaro institutlar va tahliliy markazlarning takliflari hisobga olinganini qayd etdi.
Özbekiston yetakçisi ziddiyatlar va mojarolar keskinlaşib borayotgan murakkab xalqaro vaziyat şaroitida barça mamlakatlar bilan özaro işonç va hurmatga asoslangan taşqi siyosatni amalga oşirişning ahamiyati tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladi. Qayd etilganidek, mamlakat yetakçi xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, global moliyaviy institutlar bilan şeriklikni mustahkamlamoqda, Turkiy davlatlar taşkilotida samarali raislikni amalga oşirmoqda va joriy yilda ilk bor Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammitini qabul qilmoqda.
- Xalqaro hamjamiyat uçun yanada oçiq va samimiy hamkor bölişga astoydil intilamiz. Buning uçun bizda siyosiy iroda, qat’iyat, eng muhimi, imkoniyat va yetarli salohiyat bor, - dedi prezident.

Marosim davomida davlat rahbari yangi elçilar vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişning istiqbolli yönalişlariga alohida töxtalib ötdi.
Falastin – Özbekistonning Yaqin Şarqdagi an’anaviy hamkorlaridan biri. Xalqlarimizni köp asrlik döstlik riştalari, muştarak diniy va madaniy qadriyatlar özaro boğlab turadi. Qişloq xöjaligi, quriliş materiallarini işlab çiqariş, farmatsevtika va töqimaçilik sohalarida hamkorlik uçun katta salohiyat borligi ta’kidlandi. Özaro manfaatli almaşinuvlarni rivojlantiriş uçun Falastin davlat taşkilotlari va xususiy biznes vakillarining mamlakatimizga taşriflarini taşkil etiş taklif qilindi.


















