Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.

Uçraşuv kun tartibidan amaliy hamkorlikni kengaytiriş, kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş va ilgari suriş, innovatsiyalar va ilğor texnologiyalarni joriy qiliş masalalari hamda Özbekiston-Turkiya keng kölamli strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşning boşqa jihatlari örin oldi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning topşiriğiga binoan mamlakatga kelgan delegatsiya taşrifining maqsadi - Togg brendi ostida işlab çiqarilgan birinçi milliy elektromobilni namoyiş etiş va topşiriş.

Davlat rahbari ikki tomonlama hamkorlikda bugungi jadal sur’atni, barça darajalarda özaro muloqot va almaşinuvlar faollaşganini alohida qayd etdi. Bunga misol tariqasida tovar ayirboşlaş hajmi barqaror oşib borayotgani, ustuvor tarmoqlarda bir qator yirik investitsiya loyihalari birgalikda amalga oşirilayotgani, mamlakatlar örtasida muntazam aviaqatnovlar köpaygani ta’kidlandi.

Turkiyaning yetakçi kompaniyalarini qöşma, şu jumladan avtomobil sanoatidagi loyihalarni amalga oşirişga jalb qiliş orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar borligi körsatib ötildi. Oliy darajadagi Strategik şeriklik kengaşining navbatdagi yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş, jumladan, istiqbolli loyihalar portfelini şakllantiriş va uzoq muddatli sanoat dasturini qabul qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida Togg elektromobilining taqdimoti bölib ötdi. Vazir Mustafo Varank avtotransport vositasining texnik körsatkiçlari töğrisida batafsil ma’lumot berib, uning kalitini tantanali ravişda topşirdi.

Mamlakat yetakçisi minnatdorlik bildirib, Turkiya prezidenti va xalqini maşinasozlik tarmoğida erişilgan ulkan muvaffaqiyat – elektromobillarni işlab çiqariş yölga qöyilgani bilan qutladi.