Xitoy taşqi işlar vaziri Tsin Gan Özbekistonda ötkaziladigan Afğonistonga qöşni davlatlar vazirlarining törtinçi konferensiyasida iştirok etadi.

Xinhua xabariga köra, Özbekiston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Saidov taklifiga binoan, Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vaziri Tsin Gan 12-13 aprel kunlari Özbekistonda böladi va Afğonistonga qöşni davlatlar taşqi işlar vazirlarining törtinçi konferensiyasida iştirok etadi.

13 aprel kuni Samarqandda Afğonistonga qöşni davlatlar taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi bölib ötişi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Özbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya taşqi işlar vazirliklari rahbarlari Afğonistondagi mavjud vaziyatni muhokama qiladilar.

Bundan taşqari, 14 aprel kuni Özbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari iştirokida MDH Taşqi işlar vazirlari kengaşining majlisi bölib ötişi kutilmoqda.

Kun tartibida özaro hamkorlikning dolzarb masalalari böyiça fikr almaşiş, qöşma dasturlar ijrosini muhokama qiliş, şuningdek, MDH a’zo davlatlari rahbarlari kengaşiga körib çiqiş uçun kiritilgan hujjatlar loyihalari muhokamasi rejalaştirilgan.

Şu kuni Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya taşqi işlar vazirlarining oltinçi uçraşuvi bölib ötadi.