Prezident farmoniga köra, 2023 yil 1 maydan:

- qurilayotgan köp kvartirali uy-joylarning qurilişi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit ta’minoti sifatida bosqiçma-bosqiç garovga oliş amaliyoti joriy etiladi;

- 2025 yil 1 yanvargaça ayrim quriliş materiallari va xomaşyo turlarini import qilişda bojxona bojining nol stavkasi qöllaniladi.

- 2024 yil 31 dekabrgaça Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan xususiy pudrat taşkilotlariga Toşkent şahrida – 9 va undan yuqori, boşqa şaharlarda – 7 va undan yuqori, qişloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar quriş uçun ajratilgan tijorat banklarining milliy valutadagi kreditlari böyiça 24 oydan ortiq bölmagan muddatga kafillik va kompensatsiya taqdim etiladi.

Bunda:

- kompensatsiya – kredit summasidan qat’i nazar har bir köp kvartirali uy-joy uçun kreditning 5 milliard sömdan ortiq bölmagan qismi böyiça tölanadi;

- kafillik – kredit summasidan qat’i nazar har bir köp kvartirali uy-joy uçun 2,5 milliard sömdan oşmagan miqdorda taqdim etiladi;

- kafillik va kompensatsiyalar beriş uçun maydoni 70 kvadrat metrdan oşmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizini taşkil etişi lozim.

2023 yilda «Yangi Özbekiston» massivlarida (38 ta) jami 837 ta (şundan 305 tasi yangi) köp kvartirali uy-joylar quriladi.

- 2023 yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatçilar) uçun 4 000 ta kvartira sotib oliş uçun ipoteka kreditlari ajratiladi.

- «Mening birinçi uyim» dasturi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani «Turkiston» mahallasida amalga oşiriladi.