Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega bölgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlaş uçun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal tölovining 25 foizini qoplab beriş tartibi işlab çiqilib, jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihada belgilangan tartibga köra, ariza beruvçi ipoteka kreditlari böyiça subsidiya oliş uçun istalgan tuman (şahar) davlat xizmatlari markaziga özi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP davlat xizmatidan elektron tarzda foydalaniş uçun röyxatdan ötadi. Bunda bir JŞŞIR böyiça bir çorak doirasida faqat bitta ariza qabul qilinadi.
Ariza beruvçining bir vaqtning özida hozirgi vaqtda davlat tibbiyot muassasasida işlayotganligi hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida ön beş yil iş stajiga ega ekanligi tasdiqlanişi şart hisoblanadi.
Har çorakning oxirgi iş kuni soat 16:00 da onlayn tarzda random tanlov ötkaziladi. Tanlovga faqat “Tanlovga qöyildi” maqomidagi arizalar kiritiladi, bunda mezonlarga töliq muvofiq iştirokçilar orasidan har çorak uçun belgilangan kvota doirasida 125 nafar ğolibni random.org sayti orqali Soğliqni saqlaş vazirligida taşkil etilgan işçi komissiya iştirokida tasodifiy usulda aniqlab olinadi.
Tanlovning onlayn translatsiyasi Soğliqni saqlaş vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari orqali amalga oşiriladi va yozuvi arxivlanadi. Har bir iştirokçi şaxsiy kabinet orqali öz natijasini köradi hamda natija haqida elektron xabarnoma oladi.
Tanlov natijasiga köra kvota doirasida 125 nafar iştirokçiga “Ğolib” maqomi, qolgan iştirokçilarga “Tanlovdan ötmadi” maqomi beriladi. “Tanlovga qöyildi” maqomidagi arizalar soni 125 nafardan kam bölgan holatda mezonga töliq muvofiq kelgan barça iştirokçilar “Ğolib” deb topiladi va keyingi bosqiçga, ya’ni hujjatlarni taqdim etiş jarayoniga ötadi.
“Ğolib” maqomi berilgan ariza beruvçi ğoliblik maqomi berilgan sanadan boşlab 6 oy mobaynida dasturiy ta’minot tizimi orqali ipoteka şartnomasi nusxasini va pasport (ID-karta) nusxasini elektron şaklda taqdim etadi.
Ğolib olti oylik muddatda ipoteka şartnomasi va şaxsni tasdiqlovçi hujjat nusxasini taqdim etmasa yoki ipoteka şartnomasi amalda tuzilmaganligi tasdiqlansa, ariza “Bekor qilindi” maqomiga ötkaziladi va tölov jarayoni uşbu ariza böyiça töxtatiladi, bu haqda ariza beruvçiga asosi körsatilgan elektron xabarnoma yuboriladi.

















