Sörovnoma iştirokçilarining aksariyati ayollarga nisbatan zöravonlikni uriş, döpposlaş, haqoratlaş bilan ifodalanişini qayd etdi. Bir guruh respondentlar jinsiy zöravonlikning köp uçrayotganidan taşvişdaligini bildirdi. Suhbatdoşlar bunday zöravonliklarga qanday jazo berilişi kerakligi haqidagi savolga ham javob qaytardi.
“Zöravonlik – ayolni tahqirlaş-da. Bunday erkaklarning jamoat joylarida yurişga ham, xalqning orasida turişga ham haqqi yöq. Ularni erkak deb hisoblamayman. Bundaylarni umuman jamiyatdan çiqarib, qayergadir olib borib taşlaş kerak. Qamoq jazosi bilan qutulib qolişmaydi, u yer (qamoq)dan battar bölib çiqadi. Yaxşisi, xalqning orasida toşböron qiliş kerak”.
“Qöl bilan ursa, 5-6 yilga, jinsiy zöravonlik qilinsa, umrbod qamoq jazosi berilsa, töğri bölardi”.
“Zöravonlikning eng birinçisi – behurmat qiliş va qöl kötariş. Bu ayol uçun erkak tomonidan qilinadigan eng yomon narsa. Ularni omma oldida xalqning özi jazolaşi kerak”.
“Zöravonlarning keçirib bölmaydigan ayblari bölsa, oliy jazo berilişini sörardim”.
“Ayolga qöl kötariş, nohaq ayblaşni zulm deyiş mumkin, zulmning köp turlari bor. Tajribamda juda köp bölgan, lekin bu işimdan afsuslanaman”.
“Ruhiy zöravonlik eng yomoni bölsa kerak deb öylayman. Bosim ötkazişi oqibatida ayol çorasiz bölib qolganidan söng bilmadim nima qiladi?”.
“Farzandlari oldida behurmat qilişsa, mana şu zöravonlik. Ayol kişi bunga çiday olmaydi. Bu uriş, sökişdan ham yomoni. Hayotimda ham bölgan. Ularni jim, indamasdan jazolaş kerak. Allohga solsa, böldi”.
Sörovnomani töliq yuqoridagi videoda köriş mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi,
Tasvirçi Asror Almurodov
















