“Özbekinvest” kompaniyasida suğurta polislarini rasmiylaştirgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari aksiya iştirokçilariga aylandi. Sovrin jamğarmasi Chevrolet Gentra avtomobili, 3 ta AUX konditsioneri, 3 ta Samsung muzlatgiçi, 3 ta Samsung Smart TV televizori, 2 ta iPhone 13 Pro smartfoni körinişidagi qimmatbaho sovğalardan iborat böldi.

Qoraqalpoğistonlik Qosimov Ayapbergen boş sovrin – Chevrolet Gentra avtomobili sohibi böldi.

– Men “Özbekinvestdan suyunçi” aksiyasi ğolibi böldim. Unutilmas quvonçli tuyğularni oilam bilan baham köriş uçun bugun ular bilan birgalikda keldim. Şunday uluğ kunlarda bizlarga şodlik ulaşgani uçun “Özbekinvest” kompaniyasiga öz minnatdorçiligimni biliraman. Sizlarga doimo omad hamroh bölsin”, - deya izoh berdi boş sovrin egasi.

Ğoliblarga sovğalarni “Özbekinvest” kompaniyasi boş direktorining örinbosari A.Asatullayev topşirdi va u tadbirning barça iştirokçilarini qutlar ekan, kompaniya mijozlariga öz mulkini işonçli himoyasi sifatida “Özbekinvest”ga körsatilayotgan işonç uçun minnatdorçilik bildirdi.

“Özbekinvest” eksport-import suğurta kompaniyasi AJ axborot xizmati

Reklama huquqi asosida