Bu haqda 23 mart kuni qişloq xöjaligi masalalari böyiça bölib ötgan yiğilişda topşiriq berilgan edi. Şundan söng Kadastr agentligi tomonidan ötkazilgan xatlovda 60 ming gektarga yaqin dala çetlaridan töliq foydalanilmayotgani aniqlandi. Hisob-kitoblarga köra, bu maydonlardan unumli foydalaniş orqali 337 ming tonna qöşimça mahsulot oliş imkoniyati bor.

Taqdimotda qayd etilganidek, bu işlarni Qişloq xöjaligida xizmatlar körsatiş agentligi taşkil etadi. Buning uçun agronomlar mavsumiy işga qabul qilinadi. Sabzavotçilik, polizçilik va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy tadqiqot instituti Agentlikka biriktiriladi.

Dala çetlarida dehqonçilik qiliş uçun uruğ, köçat, öğit va suv ta’minoti maqsadlariga 100 milliard söm yönaltiriladi.

Yetiştirilgan mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş uçun muhim bölgan quritiş va sovitiş uskunalarini xarid qilişga 50 milliard söm ajratiladi.

Dala çetidagi zovur va suv böylarida 600 ming boş parranda boqiş hamda qariyb 300 mingta asalari uyasi joylaştiriş imkoniyati borligi körsatib ötildi.

Hozirda fermer xöjaliklari tomonidan yer maydonlari ikkilamçi ijaraga faqat 1 yilgaça beriladi. Tok, tut, terak kabi daraxtlar köp yilda yetilişini hisobga olib, bu muddat 10 yilgaça etib belgilanmoqda.

Davlat rahbari bu çora-tadbirlarni ma’qullab, uning ijrosini taşkil etiş böyiça körsatmalar berdi.