AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp 13 aprel, payşanba kuni Nyu-Yorkda öziga qöyilgan ayblovlardan biri böyiça yana söroq qilindi. U 250 million dollar miqdoridagi moliyaviy firibgarlikda ayblanmoqda.

Nyu-York boş prokurori Letişa Jyeyms Tramp va uning uç nafar farzandini daromadli kreditlar va soliq imtiyozlarini oliş uçun önlab yillar davomida öz mulklari haqidagi ma’lumotni yaşirib kelganlikda aybladi.

2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikaçilar partiyasi nomzodi maqomi uçun kuraşayotgan AQŞ sobiq prezidenti ertalab soat 10 da söroqqa keldi va faqat keçki soat 18 dan keyin Boş prokuraturani tark etdi. Söroq yopiq eşiklar ortida ötdi. Reuters agentligining masaladan xabardor manbasiga köra, Tramp özining biznes amaliyoti haqidagi savollarga javob bergan. Avgust oyida söroq paytida Tramp öziga qarşi guvohlik bermaslik böyiça konstitutsiyaviy huquqini aytib, savollarga 400 martadan ortiq javob berişdan boş tortgan. 

Moliyaviy firibgarlik böyiça sud jarayoni 2 oktyabrda boşlanadi. Tramp advokatlaridan biri Alina Xabbaning aytişiça, sobiq prezident guvohlik berişga qaror qilgan va yaşiradigan heç narsasi yöqligini qat’iyat bilan ta’kidlaşda davom etmoqda. 

Yangi söroq munosabati bilan Tramp ijtimoiy tarmoqlarda «nihoyat qanday ajoyib, foydali va qimmatli korxona qurganimni körsatiş imkoniyatiga ega bölaman», deb yozdi.