21 yoşli milliy gvardiyaçi

13 aprel kuni New York Times ma’lumotlarni AQŞ Milliy gvardiyasining 21 yoşli zobiti Jyek Teyşeyra sizdirgani haqida xabar e’lon qildi. Köp ötmay boş prokuror Merrik Garlend bu iş böyiça çindan Teyşeyra gumondor sifatida qölga olinganini tasdiqladi. 21 yoşli yigit AQŞ Milliy gvardiyasi harbiy havo kuçlarining 102-maxsus razvedka bölinmasi zobitidir.

«Bugun kunning ikkinçi yarmida FQB agentlari Jyek Teyşeyrani heç qanday qarşiliksiz qölga olişdi», dedi AQŞ boş prokurori. Uning sözlariga köra, Teyşeyra harbiy yönalişdagi maxfiy ma’lumotlarga ega çiqiş va ularni tarqatiş ayblovi bilan qölga olingan.

Avvalroq Pentagon rasmiy vakili Pet Rayder matbuot anjumanida bu jinoyat qasddan sodir etilganini aytgandi.

Teyşeyrani qölga oliş jarayonida FQBning köplab agentlari qatnaşgan. Ular Teyşeyraning Massaçusets ştatidagi uyiga zirhli avtomobilda borişgan. Yigit heç qanday qarşiliksiz taslim bölgan.

Gumondor qölga olinguniga qadar Amerika naşrlarida maxfiy ma’lumotlar qanday tarqalgani haqida turli taxminlar bildirilayotgandi. Xususan, Washington Post maxfiy ma’lumotlarni harbiy qismlardan birining xodimi onlayn öyindagi çatda döstlariga tarqatgani haqida yozdi. Keyin esa New York Times öz jurnalistlari ma’lumotni tarqatgan harbiyning ismi va lavozimini aniqlaganini e’lon qildi.

Washington Post e’lon qilgan postda noma’lum harbiy onlayn öyin ixlosmandlari orasida maşhur Discord platformasidagi kam sonli hammaslaklari bilan maxfiy ma’lumotlarni bölişgani yozilgandi. WP naşriga köra, bu kam sonli insonlar harbiyning «özi kabi qurolni sevadigan» yigitlar bölgan.

NYT naşri yozişiça, Teyşeyra Discord platformasida 20-30 kişidan iborat özi kabi «qurollarni sevadigan», irqçilik kayfiyatidagi memlar hamda videoöyinlarga qiziqadigan yigitlardan iborat guruh tuzgan. Gazeta muxbiri bilan suhbatda bölgan ikki mansabdorning aytişiça, Teyşeyra aynan onlayn çatda davlatga tegişli maxfiy hujjatlarni tarqatgani uçun hibsga olingan.

Bir neça oy avval bu kiçik çat-guruhga foydalanuvçilardan biri bir neça yuz sahifadan iborat AQŞ razvedkasi ma’lumotlarini joylagan. NYT Teyşeyra tomonidan tuzilgan va maxfiy ma’lumotlar tarqalgan «Thug Shaker Central» çat-guruhining tört nafar a’zosi bilan gaplaşgan. Ularning biri ma’lumotni tarqatgan yigitni uç yildan buyon tanişini aytgan. Bu yigit ma’lumotni tarqatgan odam bilan körişganini aytib, uni O.G deb atagan.