Odatda oilani asrab qoliş köproq ayollarning vazifasidek qaraladi. Suv kelsa simirib, toş kelsa kemirib yaşaş kerakligi yoşligidanoq qizlar quloğiga quyiladi. Şu sababdan bölsa kerak, kaltak yeb, eri urib öldirgidek bölsa ham ota hovlisiga qoçib bormaydiganlar köp, ölsa ham erinikida ölişni afzal köradigan ayollar bor. “Hayotiy hikoya”larning bugungi qahramoni ham şunday ayollardan. Ajraşişni or bilib, erining kaltaklariga, qaynonasining hörlaşlariga çidagan ayol – Saodat opaning (ismi özgartirilgan) hikoyasini uning özidan eşitamiz.
“Özimning turmuşdan baxtim çopmagan. Erim urganida suyaklarim sinib soçilib ketdi deb öylardim. Bir neça bor huşimdan ketib közimni oçganimda ostonada yotganimni körganman.
Şifoxonaga olib boriş qayoqda, erim va qaynonam ustimdan hatlab ötib-qaytaverişardi. Qiz bola suv kelsa simirib, toş kelsa kemirib yaşaşi kerak, deb uqtirişardi bizga. Şu sababmi yoki ortimda singillarim borligi uçun ularning baxtini boylamay degan öy bilanmi uyga qaytmasdim.
Kaltaklar ta’sirida birinçi bolamdan ayrildim. Doktorlar endi biror yil özingizni asrang deyişdi. Turmuşim buzilişidan qörqib asray olmadim. Yana böyimda böldi. Xudoga şukur, bunisini bağrimga bosdim. Ammo undan keyin yana ikki farzandim tuğilmasdan, tepkilar sabab nobud böldi.
Aybim erimni sevişim edi. Er-xotin sal bir-birimizga yaxşi gapirganimizni yoki erim kulib qaraganini qaynonam körib qolsa janjal qilib, urdirmaguniça köngli joyiga tuşmasdi. Oxirgi martasi heç esimdan çiqmaydi.
Törtinçi bolamga homilador edim. Biram “peçene” yegim keldi. Işdan qaytişda, öşa vaqtda 15 tiyinmi esimda yöq, içida ön dona peçene bölardi, öşandan olib yeb keldim. Sumkamda qoğozi bor edi. Qaynonam şuni körib qolib uyni boşiga kötardi, hali senmi yaşirib narsa yeydigan, deb. Erim doimgidek kaltaklab ketdi. Tepki zarbidan yerga yiqildim. Qornimda kuçli oğriq sezdim. Turmoqçi bölaman, boşim aylanib közim tinadi. Yana bir neça tepki zarbidan söng özimni yöqotdim.
Bu safar közimni oçganimda özimni şifoxonada kördim. Bilişimça ança vaqt qon ketib huşsiz yotganman. Özimga kelavermagaç, meni uyga olib kirib yotqizib qöyişgan. Ertalabgaça ham özimga kelmaganimdan söng meni ölib qoldi deb öylaşgan va şifoxonaga olib kelişgan. Doktor farzandim nobud bölganini, nobud bölgan homila baçadon devoriga yopişib qolgani sabab uni ham olib taşlaşga majbur bölişganini aytdi.
Homila nobud bölgaç içimda köp qolib ketibdi, şu sabab baçadonni ham olişdan boşqa yöli qolmabdi. Qaynonam endi tuğmas kelin menga kerakmas, bolam bitta öğil bilan ötmaydi-ku, deb şifoxonaga qaytib kelmadi. Erim ham qorasini körsatmadi.


















