1876 yilda işlab çiqarilgan oltin tangalarni sotayotganlar Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qölga olingan.
Sotib yuborilişi rejalaştirilgan qimmatbaho tangalar bundan 147 yil muqaddam, ya’ni 1876 yilda işlab çiqarilgani aytilmoqda. Tangalarning birida imperator Aleksandr III ning rafiqasi Mariya Sofiya Frederika Dagmar tasviri tuşirilgan.


Tilla tangalarning umumiy oğirligi 76,2 gramm bölib, qonunbuzarlar ularni 145 ming dollarga sotişni rejalaştirgan. Ular oldi-berdi vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Özbekiston qonunçiligiga köra har qanday köriniş va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumuş, platina va platina guruhiga kiruvçi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), şunday metallardan yasalgan zargarlik va boşqa rözğor buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xomaşyo yoki işlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toşlarni (olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, şuningdek marvaridlar) qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş taqiqlanadi.
Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Qayd etilişiça, ayni paytda tergov harakatlari ötkazilmoqda.
















