Avstriyada suv quvuri ustasi 30 kilogramm oğirlikdagi tilla tangalar yaşirilgan xazinani topib oldi, ularning qiymati 2 million funt sterlingga (2,5 mln dollar) baholanmoqda, deb xabar berdi The Sun naşri.
Villalardan birining yertölasi polidan çiqib turgan arqon xazinaga ilk işora bölgan, boşqa quruvçilar unga e’tibor bermagan edi. Santexnik qiziqib, arqonni tortdi, ammo xazinani çiqara olmadi. Şunda u belkurak bilan betonni urib, içida oltin tangalar bölgan qutini topdi. Tangalarda avstriyalik bastakor Motsartning tasviri bor edi. Bu qimmatbaho buyumlar Ikkinçi jahon uruşi davrida yaşirilgan deb taxmin qilinmoqda.
Ilgari bu yertölada işlagan boşqa işçilar topilma haqida eşitib, afsuslandi. Ulardan biri arqonni körgan, lekin unga tegmay qöya qolgan. Avstriya qonunlariga köra, xazina santexnik va villa egasi örtasida teng taqsimlanadi. Bu esa quvur ustasiga 1 million funt sterling tölanişini anglatadi.
Bunday topilmalar dunyoning turli burçaklarida uçrab turadi. Avvalroq Örta dengizda ğavvos 2000 yillik tarixga ega 30 mingta qadimiy tangadan iborat xazinani topgandi. Suv ostida qolgan boylikning qiymati taxminan 2,5 million funt sterlingni taşkil etadi. Biroq ğavvos xazinani Italiya hukumatiga topşirdi.
Yaqinda Turkiyaning ğarbiy qismidagi qadimgi yunon Nötion şahri hududida ötkazilgan qazişmalar paytida taxminan 2000 yil avval yaşirilgan xazina — oltin tangalar solingan köza topildi. Tangalar Nötiondan taxminan 96 kilometr uzoqlikda joylaşgan qadimiy Sardis şahrida zarb etilgan bölişi mumkin. Qadimgi yunon tarixçisi Ksenofontning aytişiça, bitta tanga qiymati bir askarning oylik xizmati uçun tölanadigan maoş miqdoriga teng bölgan.
Unga qadar Germaniyada havaskor arxeolog metall qidiruvçi yordamida 3000 ga yaqin qadimgi Rim tangalaridan iborat xazinani topgandi. U topilma haqida hokimiyatga xabar bergan, keyinçalik mutaxassislar qaziş işlarini olib borgan. Topilma olimlarni hayratga soldi, çunki xazina Rim imperiyasi çegaralaridan taşqarida va maşhur german qişloqlaridan ança uzoqda yaşirilgandi. Xazinaning ayrim tangalari Rimda zarb etilgan bölsa-da, ularning köpçiligi Kelnda tayyorlangan — öşa paytda bu şahar Galliya imperiyasi tarkibiga kirardi.
















