«Birovning haqi buyurmas ekan» – Rossiyadan tilla tangalarni öğirlab kelgan odamning nadomatlari (Hayotiy hikoya)
|21:33 / 17.05.202395 84913 min
«Ön kunça işlab uyning tomini buzdik, navbat devorlarga keldi. Devorlardan birini yiqitar ekanman ğiştlar orasidan tilla tangalar solingan xumça çiqib qoldi. Uni darhol yaşirdim. Tangalarni Özbekistonga qanday olib ketsam deb yurgan paytimda qatiqning idişiga közim tuşib qoldi. Bitta tangani idişga solsam oğzidan bemalol ötib ketdi. Böldi, tangalarni qatiqning idişiga solib olib ketaman».
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Elektron poçtamga yuborilgan navbatdagi maktubni öqir ekanman xayolimga agar u mahoratli rejissyorning qöliga tuşsa yaxşi film qilsa bölar ekan degan öy keldi. Hodisa haqiqatdan ham juda qiziqarli bölib, unda maktub egasi bundan ança yillar avval boşidan ötkazgan voqealarni yozgan ekan.
Ma’lum bölişiça, u 20 yilça avval Rossiyaga işlaşga borib boy lölilardan birining eski uyini buzayotganda tilla tangalar topib olgan. Biroq bu haqda uyning egasiga va şeriklariga aytmagan va tangalarni Özbekistonga olib kelgan.
«Katta tavakkal qilib tilla tangalarni Özbekistonga olib ham keldim. Biroq öşanda qilayotgan işim notöğriligini, birovning haqi birovga buyurmasligini öylamabman. Oxir-oqibat hamqişloqlarim oldida yuzim şuvit böldi, uyatga qoldim. Oradan qariyb 20 yil ötgan bölsada tanişlarim öşa işimni hanuzgaça betimga solişadi», deydi u maktubda.
«2004 yil uç nafar hamqişloğim bilan uç-tört söm işlab keliş maqsadida Rossiyaga jönadik. Öşanda heç birimiz rus tilini tuzuk bilmaymiz. Iş topib berar degan umidda bir qança hamqişloqlarimiz savdo-sotiq bilan şuğullanadigan Çelyabinsk şahri tomon yöl oldik.
Manzilga yetib borganimizdan söng hamqişloqlarimiz bir neça kun mehmon qilişdi. Biroq ma’lum böldiki, ularning heç birida bizbop böş iş örni yöq ekan.
«Ukalar, bu yerdagi bozorlarda bir neçtadan quruq va höl meva, sabzavotlar bilan savdo qiluvçi dökonlarimiz bor. Biroq ularga sizlarni işga ololmaymiz. Bizga rus tilini yaxşi biladigan odam kerak. Şu uçun mahalliy sotuvçilarni ruslardan olganmiz. Xafa bölmaysizlar, endi», deyişdi ular.
Hamqişloqlarimiz bizga ijaraga arzonroq uy topib berişdi. Yotoq-joy muammosi hal bölgaç şahar çetida joylaşgan mardikor bozoriga çiqa boşladik.
Öşa paytlarda hali yurtdoşlarimiz yoppasiga iş izlab Rossiyaga bormas, bizga öxşaganlar kam edi. U yoq-bu yoqlarda faqat tojikistonliklar işlab yurardi.
Bizga har kun iş bölar, iş haqi ham yomon emasdi. Kimnidir işi bir kunda tugar, ertasi kuni yana mardikor bozoriga borardik. Kimnidir işi esa 3-4 kun davom etardi.
Ana şunday kunlardan birida teridan tikilgan pidjak kiygan, böyniga yöğon tilla zanjir osgan bir kişi keldi. U bobosidan qolgan eski uyni buziş kerakligini, agar narxini kelişsak şu işni bizga qildirişini aytdi.
Rangi buğdoyrang bölgani uçun uni avvaliga kavkazlik deb öyladik. Keyin bilsak u rossiyalik lölilardan ekan. Löli bilan narxni kelişdik, pulni iş tugagaç beradigan böldi.
Mavzuga oid
Lölilarning boyi haqida eşitgandik, tirigiga ilk bor duç kelib turibmiz. U bizni vahimali xorij maşinasiga ötqazib olib ketdi. Buziladigan uy şahar çetroğida ekan. Öşa kunning özida işni boşlab yubordik.
Iş boşlaganimizdan söng löli uy 150 yillik tarixga ega ekanini, katta bobosidan meros qolganini aytib berdi. «Katta bobom juda katta boy bölgan. Mabodo devor orasidan nimadir çiqib qolsa men bexabar qolmay» dedi löli. Uning bu gapini hazilga yöydik.
Ön kunça işlab uyning tomini buzdik, navbat devorlarga keldi. Uyning bir qismi yoğoçdan, boşqa qismi pişiq ğiştdan tiklangan ekan. Yoğoçdan bölgan qismini osongina buzdik. Ğiştli devorlarni buziş biroz maşaqqat böldi.
Ana şunday kunlardan birida qölimdagi lom bilan devorni yiqitganimda ğiştlar orasidagi kovakdan xumça çiqib qoldi. Şeriklarimdan yaşirib uni oçib körsam tilla tangalar ekan. Xumçani öşa zahoti oyoq ostidagi ğişt bölaklari orasiga yaşirdim.
Tuni bilan uxlamadim. Tilla haqida löliga aytsammi, aytmasammi deb özim bilan özim olişib çiqdim. Nafsim ğolib keldi va boylik topganim haqida şeriklarimga ham, löliga ham indamayman degan qarorga keldim.
Bir-ikki kun şu tarzda işladim va tilla tangalarni nima qilib bölsa ham Özbekistonga olib keliş haqida öylay boşladim. Öşa paytda qozoqlar Çelyabinskdan Toşkentga avtobusda odam taşir, öşa bilan ketişni reja qildim.
Löli har kun bizga tuşlik olib kelar, qilgan işlarimizni tekşirib çiqar, mabodo boylik çiqmayaptimi deb hazillaşib qöyardi. Unga heç narsa çiqmadi deganimda yuzim qizarib ketar, biroq na löli, na şeriklarim şubhalanmasdi.
Tillani qanday qilib olib ketsam deb yurgan paytimda löli tuşlik bilan birga olib keladigan qatiqning idişiga közim tuşib qoldi. Şeriklarimga sezdirmay bitta tilla tangani idişga solib kördim, oğzidan bemalol ötib ketdi. Topağonligimdan quvonib ketdim, tangalarni kefirning içiga solib olib ketaman. Yölda heç kim undan şubhalanmaydi.
Ertasi kuni löli kelganda unga uyga borib kelmoqçi ekanimni, şunga iş haqimni berişini söradim. U iş haqimning yarmini berdi.
«Mana şu pul senga yölkiraga va uyingdagilarga sovğa-salom olişga yetadi. Qaytib kelib işni tugatasan, keyin iş haqingning hammasini olasan» dedi u.
Öşa kuni tuşdan keyin tillalarni oldim va işdan vaqtliroq çiqdim. Uydagilarga u-bu narsa, yölda yeb ketiş uçun oziq-ovqat ham oldim. Ular orasida uçta idişda qatiq ham bor edi.
Tunda qatiqlardan birini böşatdim. Içiga tangalarni soldim. Söng tepasida joy qolgandi ozroq qatiq quyib yubordim. Uning içida tilla tanga borligini heç kim taxmin qilmasdi. Ertasi kuni Çelyabinsk-Toşkent avtobusiga çiqib oldim va Özbekistonga jönadim.
Non va kolbasani parrak qilib kesib oldim va qatiq idişlari bilan yelim paketga solib qöydim. Rossiyadan Qozoğistonga ötiş oson keçdi. Qölimdagi yegulik solingan yelim paket heç kimda şubha uyğotmadi. Toşkent yaqinidagi bojxona maskaniga yetib kelgunça yölda ham heç qanday muammo bölmadi.
Qozoğiston tomonda çegaradan ötişda navbatda turar ekanman, tillani sezib qolişsa-çi, deb biroz hayajonlanardim.
Qozoğiston bojxonaçilaridan tinç ötib oldim. Navbat Özbekiston tomonga keldi. Sumkamga kiyimlar va sovğa-salom joylangan. Qölimdagi yelim paketda tanga solingan qatiq idişi, non bölaklari va parrak qilib kesilgan kolbasa turibdi.
Bojxona tekşiruvidan ötar ekanman sumkamni apparatdan ötkazişdi, içini oçib körişdi, unda heç narsa yöq. Qölimdagi yelim paketni körsatar ekanman bojxona xodimining köziga qaramaslikka harakat qildim.
Bojxona xodimi kesilgan kolbasa bölaklari, non va qatiq idişiga qaradi-da, qayerdan kelyapsiz, dedi. Rossiyadan degandim, ötavering, dedi. Öşa paytda yelkamdan toğ ağdarilganday böldi va yengil nafas oldim.
Uyga yetib kelganimdan söng tilla haqida heç kimga indamadim. Na ota-onam, na xotinim u haqda xabardor bölişmadi. Şundan söng uning bir donasini tortib körgim keldi.
Öşa paytlarda elektron tarozilar endi çiqqan va faqat qişloq markazidagi dökonda bor edi. Tangalardan birini oldim va dökonga çiqdim. Tuş paytida heç kim yöq ekan, tangani tarozi ustiga qöydim.
Şu paytda dökonga Çelyabinskka birga borgan şerigimning ukasi kirib qolsa böladimi?! U tarozi ustidagi tangani kördi va «qayerdan oldingiz?» dedi.
Öşa paytda bir muddat tilim kalovlanib qoldi va unga nima deb javob berişni bilmasdim. Bobomdan qolgan desam bobom kambağal ötganini va bunday tilla tangani umrida körmaganini hamma biladi.
Sotib oldim desam, bunga ham işonmaydi. Özi kunim ötmay Rossiyada mardikor bölib yuribman. Topib oldim desam ham işonmaydi, tilla tanga köçada tuşib yotadigan narsa emas.
Şu paytda bir bahona qolgan edi xolos: «Rossiyada xöjayin iş haqimga bir dona tanga berdi». Öşanda tillalarni egasiga, löliga bermaganim bir xato, şerigimning ukasiga xöjayin iş haqiga berdi deyişim ikkinçi xato böldi.
Şerigimning ukasi dökondan indamay çiqib ketdi. Men ham tillani olib borib stomatolog vraçga sotib yubordim. Köp ötmay unga ikkinçi tangani ham sotdim.
Ana şunday kunlardan birida eşik taqillab qoldi. Çiqsam ikki nafar içki işlar xodimlari turişibdi. Ularni körib yuragim şuv etdi. Nariroqda turgan IIB maşinasining orqa örindiğida kimdir ötiribdi. Bekorga xavotirlanmagan ekanman, maşinadan Çelyabinskda bizga uyini buzdirayotgan löli tuşib keldi.
IIB xodimlari bilan örtamizda qisqa savol-javob böldi. «Falonça Falonçiyev sizmi? Yaqinda Rossiyadan keldingiz». Tasdiq ma’nosida boş irğitdim. «Tilla tangalarni olib çiqing». Indamay olib çiqdim.
Löli ularni sanab kördida «Neçtasini sotding» dedi? Ikkitasini sotganimni aytdim, biroq u işonmadi.
IIB xodimlari tillalarni kimga sotganimni söraşdi va meni özlari bilan birga stomatolog vraçning işxonasiga olib borişdi. Men maşinada qoldim, özlari içkariga kirib ketişdi. Köp ötmay vraç bilan qaytib çiqişdi.
Tillalar hali ham vraçning qölida ekan, löli ularni qaytarib oldi. IIB xodimlari menga vraçni pulini qaytarişimni aytişdi. Şundan söng öşa yerning özida tillalarni Rossiyadan Özbekistonga qanday qilib olib kelganim haqida söraşdi, hammasini aytib berdim.
Hikoyani eşitib löli afsus deganday boş çayqardi:
«Özbeklar har doim halol bölişadi deb öylardim. Biroq oralarida senga öxşagan birovning haqidan qörqmaydiganlari ham bor ekan. Bobomdan qolgan uyni xohlasam buldozer bilan ham tekislab taşlardim. Biroq eski uyning qay bir burçagida boylik bor degan gumonda uni senlar yordamingda qölda buzdirdim. Esingda bölsa iş boşlaganlaringda «boylik çiqsa aytinglar» deb uqtirgandim. Öşanda xöp deganding, biroq lafzingda turmading. Agar tillani topgan zahoting menga xabar berganingda seni quruq qöymasdim. Endi esa iş haqingdan ayrilding, vraçdan qarz bölib qolding. Kamiga mahallangda şarmanda bölding. Menga rahmat ayt, IIB xodimlariga tillalarni qaytarib olsam senga iş oçmasliklarini iltimos qilgandim. Aks holda öğirliging uçun javobgarlikka ham tortilarding».
Löli gapirar ekan boşimni egib turardim xolos. Birozdan söng IIB xodimlari «Kerak bölib qolsang çaqiramiz» deyişdi va lölini olib qaytib ketişdi. Men gardanimda vraçga berişim kerak bölgan qarz bilan qoldim.
Uyga qaytsam qilgan işim allaqaçon qişloqda ovoza bölgan, hamma ustimdan kulardi. Hodisa tafsilotlarini eşitgan tanişlar esa «Löli mard ekan, boşqasi bölganda qamatib ham yuborardi» deyişdi.
Meni bir savol qiynardi, löli tillalarni topganimni va Özbekistonga olib kelganimni qayerdan bildi? Şerigimni ukasi dökonda tangani torganimni körgandi, uning oldiga jönadim.
Ma’lum bölişiça, şerigimning ukasi dökonda tilla tortayotganimni körgaç işlari bilan çalğib öşa hodisani unutib yuborgan.
Oradan ikki hafta ötib akasi uydagilariga telefon qilganida tilla tortganim esiga tuşadi. Şunda u akasiga «Şerigingga xöjayin iş haqini tilla bilan tölabdi. Sen ham pul örniga tilla ol» debdi.
Ukasidan tilla haqida eşitgan şerigim ertasi kuni löli tuşlik olib kelgan paytda «Xöjayin, şerigimizga iş haqiga tilla beribsiz, bizga ham şunday qiling. Pul örniga tilla tanga bering» deydi. Ana şu paytda löli huşyor tortadi va Toşkentga qarab uçadi.
Keyin Toşkentdagi löli tanişlari orqali IIBga murojaat qiladi. Toşkentga uçişdan avval u şeriklarimga «Toşkentga iş bilan boryapman, manzilini beringlar, iş haqining qolganini berib kelaman» deb ism-şarifim va manzilimni yozib olgan ekan. Bu tafsilotlarni bir neça oydan söng qişloqqa qaytgan şerigim aytib berdi.
Öşanda bu voqea men uçun juda katta saboq böldi. Şundan söng minba’d birovning narsasiga hatto u köçada tuşib yotgan bölsa ham tegmayman deb ont içdim. Hozirça ontimni buzmadim.
Biroq ötgan yillar mobaynida birgina öylamasdan qilingan iş tufayli öğri degan tavqi la’natdan qutulmadim. Hodisadan xabar topganlar oradan şunça yil ötgan bölsa-da, hanuzgaça uni yuzimga solişadi. Eslab ustimdan kulişadi».