Farğona şahrida yaşovçi ayol 8 oylik çaqaloğini sotayotgan vaqtda uşlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi videolavhasida xabar berildi.
Ayol Yangi asr köçasidagi massajxonada işlagan va şu yerda yaşagan. U çaqaloğini sotib, evaziga uy olmoqçi bölgan. Ayol öz farzandini 10 ming dollariga sotayotgan vaqtda qölga olingan.
«Uyim yöqligi sababli bolamni 10 ming dollarga sotmoqçi böldim. Qilgan işimdan afsusdaman», dedi ayol.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















