Toşkent metrosining Yer usti halqa yöli 7-bekatida 19 aprel kuni poyezdlar harakati bir kunga töxtatiladi. Bu haqda «Toşkent metropoliteni» DUK axborot xizmati xabar berdi.

«Toşkent metropoliteni Yer usti halqa yölining II-bosqiçidagi Qöyliqdan Quruvçilar dahasigaça bölgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati öz yakuniga yetkazilmoqda. Şu munosabat bilan uşbu yangi bekatlarni I-bosqiçda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan özaro boğlaş maqsadida, 19 aprel sanasida Yer usti halqa yölining 7-bekatida (Qöyliq) poyezdlar harakati töxtatiladi», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, şu kunda poyezdlar harakati Döstlik—2-6-bekat oraliğida taşkil etiladi. Şuningdek, yölovçilar uçun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qöşimça avtobuslar harakati yölga qöyiladi.

Toşkent metropolitenining 7-bekati bundan avval ham, ya’ni 11 martdan boşlab 18 mart kuniga qadar sakkiz kunga yopilgan edi.