AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplaşi kerak, deb hisoblaydi. Bu pozitsiyani AQŞ Moliya vazirligi rahbari CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi, undan parçalarni telekanal öz veb-saytida 15 aprel, şanba kuni joylaştirdi.

Yyellenning sözlariga köra, hozirda buni amalga oşirişga imkon beradigan mexanizmlar böyiça muzokaralar olib borilmoqda.

«Menimça, jahon hamjamiyati Rossiyadan bu mas’uliyatni kutmoqda», - deydi u. «Biz buni hamkorlarimiz bilan muhokama qilmoqdamiz, biroq muzlatilgan Rossiya aktivlari bilan nima qilişimiz mumkinligi borasida qonuniy çeklovlar mavjud», — dedi Janet Yyellen.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 aprel kuni Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon banki rahbarlariga murojaatida Rossiya Markaziy bankining butun dunyo böylab muzlatib qöyilgan aktivlarini musodara qiliş va ulardan Ukrainani qayta quriş uçun foydalanişga çaqirdi.

Ukraina rahbarining sözlariga köra, bu qadam «tajovuzkordan yetkazilgan zarar tovonini undiriş» uçun zarur. «Rossiya öz agressiyasining töliq narxini his qilişi kerak», dedi Zelenskiy video-aloqa orqali.