Moskva şahar sudi mart oyi oxirida qölga olingan The Wall Street Journal gazetasi jurnalisti Evan Gerşkoviçning hibsda qolişi yuzasidan berilgan apellyatsiyani rad etdi.
Moskva şahar sudi The Wall Street Journal gazetasining josuslikda ayblangan muxbiri Evan Gerşkoviçni hibsda qoldirdi. 18 aprel, seşanba kuni sud amerikalikning hibsda qolişi haqidagi şikoyatni rad etdi va Moskvaning Lefortovo tuman sudining 30 martdagi qarorini tasdiqladi.
Zalga faqat AQŞ elçixonasi delegatsiyasi va ön nafar jurnalist kiritildi, deb yozadi «Mediazona». Sud zalida jurnalist Vasiliy Polonskiy unga hamkasblarining salomini yetkazdi.
Yekaterinburgda «josuslik»da gumonlanib qölga olingan va Moskvaga olib ketilgan 31 yoşli Evan Gerşkoviç 30 mart kuni Lefortovo tuman sudi tomonidan hibsga olingan - 29 maygaça. U 1986 yildan beri Rossiyada uşbu ayblov bilan hibsga taşlangan birinçi xorijiy muxbir böldi.
Federal xavfsizlik xizmati («FSB») jurnalist «Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan birining faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan»ini da’vo qilmoqda. Rossiya Jinoyat kodeksining «Josuslik» moddasi 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jazoni nazarda tutadi. The Wall Street Journal va AQŞ hukumati Gerşkoviçga qöyilgan ayblovlarni rad etyapti. Davlat departamenti muxbir «nohaq hibsga olingan», deb bayonot berdi.
Rossiya Telegram-kanallari xabariga köra, muxbirning hibsga olinişiga RF prezidenti Vladimir Putin şaxsan buyruq bergan. Rossiya TIV Gerşkoviçni almaşiş jurnalist ustidan sud jarayoni tugagandan keyingina amalga oşişi mumkin ekanini bildirdi. Jurnalist Dmitriy Kolezev özining Telegram-kanalida Gerşkoviç bilan u Yekaterinburgga borişidan oldin gaplaşganini yozdi. «U hozirgi şaroitda ança xavfli bölsa ham, odatdagidek jurnalistik iş bilan maşğul bölmoqçi edi», dedi Kolezev.

















