2023 yil 17 aprel kuni Taşqi işlar vazirligi Hay’at yiğilişida Özbekiston prezidentining 2023 yil 17 apreldagi qaroriga muvofiq tayinlangan Bobur Usmonov Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari sifatida taniştirildi.

B.Usmonov uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida işlagan.

Bundan taşqari, u Adliya vazirligi va boşqa tuzilmalarda turli lavozimlarni egallagan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovning hozirda uç nafar örinbosari bor. Ular: 

2020 yil 21 aprelda lavozimga tayinlangan Erkin Hamroyev;

2021 yil 8 aprelda lavozimga tayinlangan Ğayrat Fozilov;

2022 yil 14 noyabrda lavozimga tayinlangan Bahrom A’loyev.

Bundan taşqari, TIV tizimida 2017 yil 24 maydan Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili vakili Ismatulla Ergaşev işlab kelyapti.