Maxfiy razvedka ma’lumotlariga kiriş huquqiga ega böliş aslida odamlar öylaganidek kamyob hodisa emas.

14 aprel kuni sudda ayblanuvçi sifatida iştirok etgan Jyek Teyşeyra AQŞ Milliy gvardiyasining harbiy-havo qöşinlarida kibertransport tizimlari xodimi bölib işlagan (qöşimça tavsifga köra, uning vazifalari aloqa tizimlarini texnik qöllab-quvvatlaş bilan çeklangan).

AQŞ harbiy-havo kuçlari veb-saytidagi tegişli vakansiya tavsifida Teyşeyraning lavozimiga qöyiladigan minimal talablar körsatilgan.

Talablar orasida töliq örta ta’lim ma’lumotiga ega böliş va keng qamrovli tarjimayi hol tekşiruvidan ötiş bandlari mavjud.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bu tekşiruv yetarliça çuqur amalga oşiriladi. Tekşiruv doirasida nomzodning ta’lim darajasi, moliyaviy tarixi va aloqalari örganiladi, şuningdek, uni tanigan odamlar bilan suhbat ötkaziladi.

Va yuqori darajadagi maxfiy ma’lumotlarga kiriş huquqiga ega böliş hatto 21 yoşli xodim uçun ham mutlaq mumkin bölgan iş.

«Uning yoşidagi odamlar uçun maxfiy ma’lumotlarga kiriş huquqiga ega böliş – odatiy hol», deydi Yangi Amerika xavfsizligi tahlil markazining «Texnologiya va milliy xavfsizlik» dasturi tadqiqotçisi Aleksandr Seymur.

AQŞ mudofaa vazirligi statistik ma’lumotlariga köra, mamlakat armiyasidagi faol harbiy xizmatçilarning taxminan yarmi 25 yoş yoki undan kiçik yoşdagilardir.

Teyşeyraning xizmat vazifalari tafsilotlari hali töliq aniq bölmasa-da, Seymurning fikriça, uning işi katta miqdordagi razvedka hujjatlariga kirişni talab qilgan.

«Odatda Teyşeyraning darajasidagi xodimlar yuqori martabali rahbarlarga yordam beradi va agar u yuqori lavozimli rahbarlar yoki brifinglar uçun materiallar tayyorlagan bölsa, demak unda bu ma’lumotlarga kiriş zarurati bölgan», deydi Seymur.

Aftidan, suratga olinib, internetga joylanişidan oldin hujjatlar qoğozga çiqarilgan va buklangan
Foto: DEFENSE INTELLIGENCE AGENCY

11 sentabr voqealaridan keyin ma’lumotlar sizdirilişi köpaygan bölişi mumkin

Londondagi Brunel universiteti razvedka va xavfsizlik böyiça katta öqituvçisi Den Lomasning aytişiça, AQŞ harbiy va razvedka idoralarida bir neça minglab odamlar şunga öxşaş darajadagi maxfiy ma’lumotlarga kiriş huquqiga ega.