AQŞ prezidenti Jo Bayden va birinçi xonim Jill Bayden 2022 yilgi federal daromad soliği deklaratsiyasini e’lon qildi, unda jami 579 514 dollar daromad körsatilgan.
Er-xotin federal daromad soliği böyiça 137 658 dollar tölagan. Şuningdek, ular Şimoliy Virjiniya jamoat kollejida dars bergani uçun olgan daromadidan 29 023 dollar va Jill Baydenning maoşidan Virjiniyada 3 139 dollar tölagan.
Jo Bayden AQŞ prezidenti sifatida yiliga 400 ming dollar maoş va Kongress tomonidan belgilangan 50 ming dollarlik ustama oladi.
Baydenlar 2022 yilda 20 ta xayriya taşkilotiga 20 180 dollar miqdorida mablağ ötkazgan.
2021 yilda Baydenlar 610 702 dollar daromad olgan edi, bu 2022 yilga nisbatan 31 ming dollarga köp.
Vitse-prezident Kamala Harris va uning turmuş örtoği Duglas Emhoff ham soliq tölovlarini e’lon qildi. Ularning umumiy daromadi qariyb 457 ming dollarni taşkil etgan bölib, şundan 93,5 ming dollardan ortiği daromad soliği sifatida tölangan. Şuningdek, ular Kaliforniya ştatida 17 600 dollar va Emhoff D.C. metropoliten hududida qöşimça 9 600 dollar soliq tölagan. 2022 yilda xayriya uçun 23 ming dollar mablağ ötkazişgan.

















